Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«O‘zgidromet» ayrim hududlarda havo keskin isishini prognoz qildi

«O‘zgidromet» ayrim hududlarda havo keskin isishini prognoz qildi

Foto: Xabar.uz

Respublika Gidrometeorologiya markazi yaqin kunlarda kutilayotgan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi. 

Prognozlarga ko‘ra, 10 va 11-may kunlari Buxoro, Navoiy, Surxondaryo va Qashqadaryo viloyati katta qismida +38 daraja issiq harorat kutiladi.

Respublika shimolida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 11-12 mayda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.

Harorat kechasi 15-20°, kunduzi 30-35° bo‘ladi.

Markaziy viloyatlarda havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, 10-11-mayda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 12-mayda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 11-12-mayda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 10-11-mayda kechasi 13-18°, kunduzi 30-35°, 12-mayda kechasi 15-20°, kunduzi 27-32° bo‘ladi.

Vodiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 11-12-mayda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 12-17°, kunduzi 10-11-mayda 27-32°, 12 mayda 25-30° bo‘ladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring