«O‘zgidromet»: haftaning ikkinchi yarmida yog‘ingarchiliklar tugashi kutilmoqda

«O‘zgidromet» yurtimiz hududida kutilayotgan haftalik ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.
Bugun ham kechagidek deyarli butun O‘zbekiston hududi nisbatan iliq, ammo juda nam havo oqimlari ta’sirida bo‘ladi. Respublika hududining katta qismida yomg‘ir, ayrim joylarga kuchli yomg‘ir yog‘adi. Buxoro va Navoiy viloyatlarida yomg‘ir faqat ertalab yog‘ib o‘tdi, Qoraqalpog‘istonda va Xorazm viloyatida ob-havo yog‘ingarchiliksiz bo‘ladi.
Ertaga ham mamlakatimiz hududida ayrim joylarga yomg‘ir yog‘adi, tog‘oldi va tog‘li hududlarda kuchli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Qorqalpog‘istonda, Xorazm, Buxoro va Navoiy viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi.
15-aprelda Farg‘ona vodiysi viloyatlarida yomg‘ir yog‘adi, Samarqand, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida ayrim joylarga kuchsiz yomg‘ir yog‘ishi mumkin.
Respublika bo‘ylab ba’zi joylarda shu kunlarda shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin, kunduzgi harorat 13-18 daraja iliq atrofida bo‘ladi.
13-14-aprelda respublikaning tog‘oldi tumanlarida sel kelishi xavfi bor.
Haftaning ikkinchi yarmida nam havo oqimi respublika hududini butunlay tark etadi. Mamlakatimizda ob-havo yog‘ingarchiliksiz bo‘ladi. Havo harorati ko‘tarila boshlaydi, va kunduzi 19-24 darajagacha yetadi, bu aprel oyi o‘rtasi uchun xos bo‘lgan haroratdir.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter