Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zga sayyorani 1,5 soat tomosha qilish imkoniyatini qo‘ldan chiqarmang

O‘zga sayyorani 1,5 soat tomosha qilish imkoniyatini qo‘ldan chiqarmang

Foto: «Uchebnik.mos.ru»

12 — 14-noyabr kunlari Yer aholisi tonggi osmonda bir yarim soat davomida Merkuriyni tomosha qilishi mumkin: bu 2020-yilgi maksimal muddatdir, deya xabar berdi Moskva planetariyasi.

«Merkuriy 4 — 24-noyabr kunlari tongda ko‘rinish beradi. Tomosha uchun eng yaxshi vaqt esa — 12 — 14 -noyabr kunlari. Chunki o‘sha kunlari o‘rta kengliklarda Merkuriyning ko‘rinish davomiyligi qariyb 1,5 soatni tashkil etadi — bu sayyorani tonggi osmonda topish uchun ajoyib imkoniyatdir», — deyiladi Moskva planetariyasining «Instagram»dagi xabarida.

Astronomlarning so‘zlariga ko‘ra, Merkuriyni tomosha qilish uchun durbin yoki boshqa birorta optik asbob kerak bo‘ladi.

«Tongotar chog‘idagi soatlarda yorqin Zuhra (Venera) yulduzi va yarim Oy Merkuriyni izlash uchun yaxshi mo‘ljal vazifasini o‘tab beradi», — deya ta’kidlashdi planetariyada.

Sayyorani kuzatish uchun eng qulay fursat — Toshkent vaqti bilan 8:30 dan 9:30 gacha bo‘lgan soatlardir.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring