Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«O‘zbektelekom» yuqori tezlikdagi internetini 22 foizga arzonlashtirdi

«O‘zbektelekom» yuqori tezlikdagi internetini 22 foizga arzonlashtirdi

«O‘zbektelekom»  AKning yuqori tezlikdagi interneti yanada arzonlashdi. Kompaniya 2019-yil 20-iyuldan UNLIM 40 tarif rejasiga o‘zgartirish kiritib, abonent to‘lovi narxini 22 foizga pasaytirdi.

Endilikda UNLIM 40 tarif rejasining bir oylik abonent to‘lovi 319 000 so‘m emas, 249 000 so‘mni tashkil etadi.

Mazkur tarif rejasiga ulangan amaldagi abonentlarda yangi narx 2019-yil 20-iyuldan boshlab (har bir abonent uchun alohida) keyingi hisob davrining birinchi kunidan amal qiladi.

Mazkur tarif rejasiga o‘tishni shaxsiy kabinet yoki savdo va xizmat ko‘rsatish ofislari orqali amalga oshirish mumkin.

Yangi abonentlar xizmatga ulanishlari uchun savdo ofislariga murojaat qilishlari yoki kompaniyaning rasmiy sayti orqali onlayn tarzda ariza qoldirishlari mumkin.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring