«O‘zbektelekom» bosh direktori: «O‘zbekistonda endilikda Skype, Viber, WhatsApp muammosiz ishlaydi»
Toshkentdagi INHA universitetida #MITCROADMAP2018 anjumani bo‘lib o‘tgani haqida xabar bergandik. Unda axborot texnologiyalari sohasiga doir bir qator muhim o‘zgarishlar va rejalar haqida ma’lumotlar berildi.
Jumladan, «O‘zbektelekom» kompaniyasi bosh direktori Farhod Ro‘ziyev teskari hisobdagi «yo‘l xaritasi» keltirilgan saytni (change.uztelecom.uz) ishga tushirilgani va kompaniyani katta masshtabdagi yangilanishlar kutayotganini ma’lum qildi.
Shuningdek, u «O‘zbektelekom» nihoyat O‘zbekistonda Skype, Viber, WhatsApp kabi ovozli ilovalar bilan bog‘liq muammolarni hal qilinganini e’lon qildi.
«Biz muammolarni bartaraf etishni eng og‘riqli masaladan boshladik. Bir necha kunlar davomida muhandislarimiz Skype, Viber, WhatsApp va boshqa ovozli aloqa dasturlari bilan bog‘liq muammolarni bartaraf etishdi. Endi ularning hammasi ishlaydi, bemalol ulardan foydalanishingiz mumkin», dedi «O‘zbektelekom» rahbari.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter