Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«O‘zbektelekom» aksiyadorlarining yillik umumiy yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

«O‘zbektelekom» aksiyadorlarining yillik umumiy yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

28-iyun kuni «O‘zbektelekom» aksiyadorlik kompaniyasi aksiyadorlarining 2018-yil yakunlariga bag‘ishlangan yillik umumiy yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda jami ovoz beruvchi oddiy aksiyalarning 99,46 foiziga egalik qiluvchi 2 nafar aksiyador 29 598 751 ovoz bilan ishtirok etdi.

Kompaniya aksiyadorlarining umumiy yig‘ilishida O‘zbekiston Respublikasi «Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida»gi Qonunida va umumiy yig‘ilish kun tartibida belgilangan Kompaniya faoliyatida muhim o‘rin egallagan dolzarb masalalar ko‘rib chiqilib, tegishli qarorlar qabul qilindi.

Shuningdek, Kompaniyaning rivojlanish strategiyasida belgilangan ko‘rsatkichlarga erishish borasida olib borilayotgan keng ko‘lamli ishlarni davom ettirish bilan bir qatorda, yana yangi rejalar belgilab olindi.

Yig‘ilish ishtirokchilarining tanqidiy fikrlarini inobatga olgan holda, yuqori tashkiliy darajada va ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring