«O‘zbektelekom» AK: obod qishloqlar, zamonaviy texnologiyalar va sifatli xizmatlar
O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan «Obod qishloq» dasturi doirasida Aholi punktlarining telekommunikatsiya infratuzilmasini takomillashtirish bo‘yicha Harakatlar rejasi tasdiqlangan bo‘lib, unda «O‘zbektelekom» AK faol ishtirok etmoqda.
«O‘zbektelekom» AK tomonidan O‘zbekistonning barcha viloyatlari va Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi jami 478 ta qishloq aholi punkti, mahalla va qishloqda telekommunikatsiya infratuzilmalari takomillashtirilmoqda.
«Obod qishloq» dasturi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Obod qishloq dasturi to‘g‘risida»gi 5386-sonli Farmoni 2018-yilning 29-martida qabul qilingan. Dastur doirasida respublika mahallalari va qishloqlari aholisining turmush darajasini tubdan yaxshilash bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda. Har bir tumanda aholining turmush tarzi va darajasida sezilarli ijobiy o‘zgarishlarni ta’minlash, qishloq, mahalla va uylarning qiyofasini zamonaviylashtirish va unda istiqomat qiluvchilar uchun ish o‘rinlarini yaratish ko‘zda tutilgan.
Dastur bo‘yicha 2019-yil boshidan buyon mamlakatimiz miqyosida 9500 km.dan ziyod optik tolali aloqa liniyalari yotqizildi, shundan 400 km.dan ortig‘i qishloq joylariga tegishli. Birinchi yarim yillikda dastur doirasida telekommunikatsiya infratuzilmasi qurilmalari to‘liq yangilanib, 1200 dan ziyod maxsus aloqa ustunlari o‘rnatildi.
«O‘zbektelekom» AK «O‘zMobayl» filiali mamlakatimiz bo‘ylab ko‘plab antenna-machta inshootlarini qurishni va yangi baza stansiyalarini foydalanishga topshirishni davom ettirmoqda. Xususan, qishloq joylarida ko‘plab yangi ob’yektlar ishga tushirilmoqda.
Toshkent viloyatida
2019-yilda Toshkent viloyatidagi 11 ta ob’yektda 2G, 3G, 4G, CDMA va EVDO standartidagi 45 ta baza stansiyasi quyidagi manzillarda o‘rnatilib, ishga tushirildi:
- «Shohruxiya» ob’yekti, Oqqo‘rg‘on tumanidagi Hosildor MFY;
- «Ziyoli» ob’yekti, Bekobod tumanidagi Hamza MFY;
- «Katta Ravot» ob’yekti, Bo‘ka tumanidagi O‘rtatepa MFY;
- «Ko‘korol» ob’yekti, Bo‘ka tumanidagi Ko‘korol MFY;
- «G‘ishtko‘prik» ob’yekti, Zangiota tumanidagi Bog‘ishamol MFY;
- «Ittifoq FL Komilov» ob’yekti, Zangiota tumanidagi Yassaviy MFY;
- «Uyshun» ob’yekti, O‘rtachirchiq tumanidagi Turkiston MFY;
- «Eshonobod» ob’yekti, Yangiyo‘l tumanidagi Umid MFY;
- «Energoqurilish» ob’yekti, Bo‘stonliq tumanidagi Barraj MFY;
- «Ilg‘or» ob’yekti, Ohangaron tumanidagi Ilg‘or MFY.
Shuningdek, 2019-yilning 31-iyul kuni Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanidagi Algabas qishlog‘ida «UZMOBILE» GSM 3G tarmog‘ini yaxshilash maqsadida yangi baza stansiyasi ishga tushirildi.
«Obod qishloq» dasturi doirasida «O‘zbektelekom» AK Toshkent filiali tomonidan qishloq joylarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish va qishloq aholisiga zamonaviy keng polosali telekommunikatsiya xizmatlarini ko‘rsatish maqsadida, rejaga muvofiq telekommunikatsiya uskunalari o‘rnatildi va quyidagi manzillar bo‘yicha optik tolali aloqa liniyalari foydalanishga topshirildi:
- Oqqo‘rg‘on tumanining Tolovul qishlog‘ida 128 port sig‘imiga ega uskunalar;
- Qibray tumanining Yangi avlod qishlog‘ida 128 port sig‘imiga ega uskunalar;
- Bo‘stonliq tumanining Algabas qishlog‘ida 64 port sig‘imiga ega uskunalar;
- Bo‘stonliq tumanining Barraj qishlog‘ida 256 port sig‘imiga ega uskunalar;
- Quyichirchiq tumanining Bog‘iston qishlog‘ida 64 port sig‘imiga ega uskunalar;
- Piskent tumanining Navoiy qishlog‘ida 128 port sig‘imiga ega uskunalar;
- Piskent tumanining Mo‘minobod qishlog‘ida 128 port sig‘imiga ega uskunalar;
- Chinoz tumanining Rasulobod qishlog‘ida 128 port sig‘imiga ega uskunalar.
Bundan tashqari, liniya-kabel xo‘jaligi infratuzilmasini tartibga keltirish bo‘yicha ishlar yakunlanib, aloqa quduqlari, liniyalari ustunlari va tarqatish shkaflari o‘rnatildi.
Yangi antenna-machta inshootlari, baza stansiyalari va zamonaviy uskunalarning o‘rnatilishi xizmatlar sifati va hududlar qamrovini oshirib, zamonaviy mobil internet xizmatlarini joriy etish imkonini beradi.
«Obod qishloq» davlat dasturi doirasida kompaniya «UZMOBILE» CDMA tarmog‘ida chekka va olis qishloqlarda istiqomat qiluvchi abonentlar uchun «Obod» maxsus tarif rejasini joriy etdi. «Obod» ham arzon, ham CDMA 450 standartining barcha afzalliklaridan foydalanish imkonini beradi.
Maxsus aksiyalar
«O‘zbektelekom» AK maxsus aksiyalar o‘tkazib, aholiga yanada qulaylik yaratish, keng polosali internet xizmatlariga ulanishni osonlashtirish maqsadida optik aloqa liniyalariga ulanishda 100 metrlik kabellarni va abonent qurilmalarini bepul taqdim etmoqda.
Statistikaga ko‘ra, O‘zbekiston aholisining yarmi qishloqlarda istiqomat qiladi. «Obod qishloq» dasturiga kiritilgan aholi maskanlarining telekommunikatsiya infratuzilmasini takomillashtirish qishloq aholisiga viloyat markazlarida yoki O‘zbekiston poytaxtida bo‘lgani kabi zamonaviy, arzon va ishonchli aloqa xizmatlaridan foydalanish imkonini beradi.
Reklama huquqi asosida
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter