Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«O‘zbekneftgaz»: Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish orqali samaradorlikka erishilmoqda

«O‘zbekneftgaz»: Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish orqali samaradorlikka erishilmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan imzolangan PF-6079-sonli «Raqamli O‘zbekiston – 2030» strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Farmonida ko‘rsatilgan hamda videoselektor yig‘ilishlarida berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida, «O‘zbekneftgaz» AJ da axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yo‘nalishiga alohida e’tibor qaratilmoqda.

«O‘zbekneftgaz» AJ Boshqaruvi raisi Mehriddin Abdullayev boshchiligida «Ishchi guruh» tashkil etilgan bo‘lib, neft va gaz sohasida raqamli iqtisodiyotni joriy etish, sohani raqamlashtirish hamda axborotlashtirish yo‘nalishlarida aniq maqsadli loyihalar amalga oshirilmoqda.

Birgina misol sifatida Muborak va Sho‘rtan neft-gaz korxonalarida avtomatlashtirilgan dispetcherlik xizmati joriy etilgani tufayli yiliga 50 million kub metr gaz va 650 ming kilovatt-soat elektr energiyasini iqtisod qilishga zamin yaratilganini ta’kidlash mumkin.

Boshqaruv raisining topshirig‘i bilan «Raqamli kon konsepsiyasi» loyihasi asosida konlardagi texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish, monitoring qilish tizimini joriy etish hamda Boshqaruv apparati va neft va gaz qazib chiqarish boshqarmalar o‘rtasidagi ma’lumotlar aylanish tizimini integratsiya qilish ishlari bajarilmoqda.

«Raqamli kon konsepsiyasi» loyihasi doirasida konlardagi texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish va monitoring qilish tizimi sinov tariqasida 100 ta konda joriy etildi. Shu bilan birgalikda, tizimdan foydalanish bo‘yicha xodimlar o‘qitildi va tizimni ishlab chiqarish jarayoniga joriy etish ishlari yo‘lga qo‘yildi.

«Raqamli kon» konsepsiyasi doirasida Muborak neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasining «Pomuq», «Kultak» hamda «Alan» konlarida zamonaviy telekommunikatsiya aloqa tarmog‘i tashkil etildi.

«Quduq operatori nazorati» tizimiga jamiyatning hududiy gaz konlarida ishlovchi jami 24 boshqaruv moderatorlari va  280 ta quduq operatorlari kiritildi.

«Raqamli kon» dasturi doirasida Jamiyat tasarrufidagi zavodlarda va boshqarmalarning 11 ta konlari («Sho‘rtan», «Janubiy Tandircha», «Zevarda», «Janubiy Kemachi», «O‘rtabuloq», «Sharqiy Berdaq», «Somontepa», «Dengizko‘l», «Tayloq», «Quyi Surgil») da zamonaviy telekommunikatsiya aloqa tarmog‘ini tashkil etish ishlari davom ettirilmoqda.

Bundan tashqari, «O‘zbekneftgaz» AJ tasarrufidagi Muborak neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasiga  qarashli «Pomuq koni» obektida «Pomuq GKTQ» – «Pomuq DKS» o‘rtasida umumiy 900 metr uzunlikdagi optik tolali aloqa kabeli yotqizildi. «Pomuq GKTQ» ob’yektidan «Pomuq» qo‘rg‘oniga, «Alan DKS» hamda «Zevarda DKS» yo‘nalishlari bo‘yicha ma’lumotlar uzatishni ta’minlash maqsadida, «Pomuq GKTQ» ob’yekti 45 metr balandlikdagi antenna machta qurilmasiga «Power Beam 5AC-620» radio ko‘prik qurilmasi o‘rnatildi.

Boshqarmaning «Alan gazni kompleks tayyorlash qurilmasi» hamda «Alan siquv kompressor stansiyasi» binolaridagi sarf o‘lchov asboblari hamda muxandis texnik xodimlari kompyuterlari uchun 510 metr uzunlikdagi tarmoq (FTP) kabellari yotqizildi.

Xususan, «Raqamli O‘zbekiston - 2030» dasturi doirasida «O‘zbekneftgaz» AJ tomonidan amalga oshirishi lozim bo‘lgan 7 ta loyiha o‘z muddatlarida bajarilmoqda. Ushbu loyihalar ijrosi bo‘yicha tegishli davlat idoralari va respublika hududidagi autsorsing kompaniyalar bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan.

«Bir million dasturchi» loyihasi doirasida Jamiyatning 182 nafar axborot-kommunikatsiya texnologiyalari mutaxassislari malaka oshirish kurslarini tamomladi va tegishli sertifikatga ega bo‘ldi.

«O‘zbekneftgaz» AJ va uning tasarrufidagi boshqarma va zavodlarda jami 335 km uzunlikda optik tolali aloqa kanali tashkil etildi. Shundan, 218 km optik tolali aloqa kabeli va 56 dona radio aloqa moslama antennalari «Raqamli kon» dasturi doirasida o‘rnatildi. Barcha hududiy boshqarma va zavodlarda Dispetcherlik xizmati joriy etilgan bo‘lib, ulardagi ma’lumotlar Jamiyatning Markaziy dispetcherlik xizmatiga uzatiladi. Buning natijasida esa, ishlab chiqarish jarayonlarini onlayn nazorat qilish imkoniyati yaratildi.

«O‘zbekneftgaz» AJ faoliyatida ish samaradorligini oshirish, qulay ish sharoitini yaratish maqsadida, 3 500 dan ortiq kompyuter va orgtexnika vositalari bilan hamda 800 dan ortiq kommunikatsiya, videokuzatuv va server qurilmalari bilan ta’minlandi va joriy etildi.

«Raqamli kon konsepsiyasi» loyihasi doirasida bugungi kunda sinov tariqasida Sho‘rtan neft va gazni qazib chiqarish boshqarmasiga qarashli «Sho‘rtan» konida 21 ta «Yig‘uv punkti» uchun barcha zarur asbob-uskunalar xarid qilindi. Shuningdek, «Sho‘rtan» koniga qarashli 10-, 12- va 20- yig‘uv punktlariga harorat va bosim o‘lchov vositalari o‘rnatildi hamda boshqarmaning markaziy ishlab chiqarish dispetcherlik xizmati ekraniga ulandi.

«O‘zbekneftgaz» AJ Matbuot xizmati

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring