Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«O‘zbekneftgaz» tarixiy voqea haqida e’lon qildi (video)

«O‘zbekneftgaz» tarixiy voqea haqida e’lon qildi (video)

O‘zbekiston tarixida ilk bor sintetik GTL dizel mahsuloti ishlab chiqarilishi yo‘lga qo‘yildi.

Avval xabar berganimizdek,  joriy yilning 15 iyun kuni «Uzbekistan GTL» zavodida O‘zbekiston tarixida birinchi sintetik nefti ishlab chiqarilishi boshlangan edi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning g‘oyasi va tashabbusi bilan bunyod etilgan, Yangi O‘zbekistonning uchinchi renessansi poydevori hisoblangan «Uzbekistan GTL» zavodida O‘zbekiston neft va gaz-kimyosi sanoatining tarixida ilk bor sintetik yoqilg‘i mahsulotlari ishlab chiqarishi boshlandi.

Mazkur voqea respublikaning zamonaviy neft-kimyo va neft-gazni qayta ishlash sanoatini rivojida yangi texnologik bosqichi hisoblanadi hamda ushbu kun O‘zbekistonda ilk bor sintetik suyuq yoqilg‘i ishlab chiqarishi yo‘lga qo‘yilganligiga ramziy manoda tarixiy kuni hisoblanadi.

Ta’kidlash kerakki, bu quvonchli voqea 2022 yilning 29 iyun kuni bilan tarixga muhrlandi. «O‘zbekneftgaz» AJ Boshqaruv raisi Mehriddin Abdullayev bugun, soat 7.30 da «Uzbekistan GTL» zavodida O‘zbekiston neft va gaz-kimyosi sanoatining tarixda birinchi sintetik GTL dizel mahsuloti ishlab chiqarilgani va ilk mahsulot olinganliginini rasman e’lon qildi.

«O‘zbekneftgaz» AJ Boshqaruvi raisi «Yurtimizda va umuman mintaqamizda neft-gaz sanoati sohasidagi eng yirik korxonasi hisoblangan, «Uzbekistan GTL» zavodida O‘zbekiston neft va gaz-kimyosi sanoatining tarixida ilk bor sintetik yoqilg‘i mahsulotlari ishlab chiqarishi boshlanganligi va birinchi mahsulot olinganligini» ta’kidlagan holda barcha ishchi-xodimlarni, «O‘zbekneftgaz» AJ jamoasini mazkur yutuq bilan samimiy tabrikladi.

Zavodning asosiy ishga tushirish ishlari, shu jumladan 11 mingga yaqin uskuna va asosiy ishlab chiqarish qurilmalarini sinxron ishlashini ta’minlash, shuningdek, ularni to‘liq nazorat qilish va boshqarish O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari – «Uzbekistan GTL» zavodining mahalliy muhandislari va yosh mutaxassislari tomonidan mustaqil ravishda, xorijiy mutaxassislarning to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishtirokisiz amalga oshirilayotgani ta’kidlandi.

Erishilgan kelishuvlarga ko‘ra 5 ming tonna miqdorida ishlab chiqarilgan sintetik dizelning birinchi partiyasini Navoiy kon-metallurgiya kombinatiga yuborilishi ma’lum qilindi.

Eslatib o‘tamiz, zavodida yiliga 3,6 mlrd. metr kub tabiiy gaz qayta ishlanib, 1,5 mln tonna tayyor suyuq mahsulotlar ishlab chiqariladi. Jumladan, 307 ming tn aviakerosin, 724 ming tn dizel yoqilg‘isi, 437 ming tonna nafta, 53 ming tonna suyultirilgan gaz tayyorlanadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring