«O‘zbekneftgaz»: Neft va gaz sohasida faoliyat olib borayotgan ayollar uchun Samarqand shahriga ikki kunlik sayohat uyushtirildi
Bugungi kunda barcha sohalar qatori neft va gaz sohasida ham ichki turizmni rivojlantirishga keng e’tibor qaratilmoqda. Bu borada fuqarolarni mamlakatimizning madaniy-tarixiy merosi bilan tanishtirish borasidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari o‘ziga xos ahamiyat kasb etmoqda.
8 mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan «Muborak» gazni qayta ishlash zavodining sex va bo‘limlarida ishlab chiqarish hamda jamoat ishlarida ilg‘or qatnashgan bir guruh xotin-qizlar Samarqand shahriga ikki kunlik turistik sayohatga yuborildi.
Sayohat davomida ayollar qadimiy Samarqandning diqqatga sazovor joylari, ko‘p yillik tarixini o‘zida aks ettiruvchi me’moriy ob’yektlari va qadimiy yodgorliklari bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.
Jumladan, Registon maydonidagi Tilla Kori, Sherdor, Ulug‘bek madrasalari, Amir Temur maqbarasi, Go‘ri Amir ziyoratgohi, Shohi Zinda majmuasida bo‘lishdi.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovning Hazrati Xizr maqbarasi yonidagi qabrini ham ziyorat qilishdi.
«O‘zbekneftgaz» AJ Birlashgan kasaba uyushma qo‘mitasi hamkorligida imtiyozli ravishda uyushtirilgan mazkur sayyohlik tadbiri orqali ishtirokchilar tarix nafasini his qilish imkoniga ega bo‘lishdi.
«O‘zbekneftgaz» AJ matbuot xizmati
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter