Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«O‘zbekneftgaz»: «INNOPROM» xalqaro sanoat ko‘rgazmasida yetakchi kompaniyalar bilan o‘zaro hamkorlik yangi bosqichga chiqdi, kelishuvlar tuzildi

«O‘zbekneftgaz»: «INNOPROM» xalqaro sanoat ko‘rgazmasida yetakchi kompaniyalar bilan o‘zaro hamkorlik yangi bosqichga chiqdi, kelishuvlar tuzildi

O‘tgan yili ko‘plab tarmoqlar uchun radikal o‘zgarish davri bo‘lib, ularning iqtisodiy o‘sishi va rivojlanishiga ijobiy va salbiy ta’sir ko‘rsatdi. Neft va gaz sanoati ham bundan mustasno emas.

Pandemiya munosabati bilan joriy etilgan cheklovlarga qaramay, Rossiyaning ko‘plab ishlab chiqaruvchilari va moliya institutlari joriy yilning 5-7 aprel kuni Toshkent shahrida o‘tkazilgan «INNOPROM»: O‘zbekistonda katta sanoat haftaligi» xalqaro ko‘rgazmasida faol ishtirok etishdi.

Xalqaro ko‘rgazma kutilganidan ko‘proq natija berdi, hamkorlar yangi marralarni egallashdi.

«O‘zbekneftgaz» AJ o‘z oldiga yuqori darajadagi shaffof va korporativ boshqaruv madaniyatiga ega bo‘lgan zamonaviy xalqaro neft va gaz kompaniyasiga aylanish bo‘yicha ulkan maqsadlarni qo‘ygan. Shuningdek, ayni paytda Jamiyat Boshqaruvi raisi Mehriddin Abdullayev topshirig‘i bilan sohaning mavjud salohiyatini ochish maqsadida islohotlar jarayonini tezlashtirish uchun xalqaro maslahatchilar faol jalb qilinmoqda.

Ushbu xalqaro sanoat ko‘rgazmasida «PricewaterhouseCoopers» (PwC) xalqaro kompaniyalar tarmog‘ining ishtirok etishi ham tomonlar o‘rtasida hamkorlik aloqalarini o‘rnatish borasida ayni mudao bo‘ldi. Ko‘rgazma doirasida ushbu auditorlik va konsalting xizmatlarini ko‘rsatuvchi kompaniya tomonidan «O‘zbekneftgaz» AJ bilan qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga qiziqish bildirildi. Shu maqsadda tashkil etilgan uchrashuvda tomonlar kompaniyaning operatsion faoliyatining eng muhim yo‘nalishlarini muhokama qilishdi.

Shuningdek, tadbir doirasida «Sovsombank» AJ bilan o‘tkazilgan muzokaralar natijasida o‘zaro anglashuv memorandumi ham imzolandi. Ushbu Memorandumdan ko‘zlangan maqsad «O‘zbekneftgaz» AJ loyihalarini amalga oshirish uchun bankning moliyaviy mahsulotlari va xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini birgalikda ko‘rib chiqishdan iborat.

Ma’lumot uchun: «Sovkombank» AJ – 2019 yil oxiriga kelib, Interfaks reytingida Rossiya buxgalteriya hisobi standartlari (RBHS) aktivlari bo‘yicha Rossiyadagi uchinchi xususiy bank hisoblanadi. Filiallar tarmog‘ida 2 500 ta idorasi mavjud bo‘lib, xodimlar soni 15 000 nafarni tashkil etadi. Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari (MHXS) guruhining kapitali 139 milliard rublni tashkil etdi.

Ko‘rgazmada namoyish etilgan «O‘zbekneftgaz» AJning stendi va onlayn ko‘rgazmasi o‘zaro aloqalarni rivojlantirish istagida bo‘lgan ko‘plab xorijiy kompaniyalarni o‘ziga jalb etdi.

Xususan, Rossiya Federatsiyasining yirik tijorat banklaridan biri bo‘lgan «Moskva kredit banki» delegatlari va «O‘zbekneftgaz» AJ vakillari o‘rtasida o‘tkazilgan uchrashuvni ham bunga misol qilish mumkin. Muzokaralar davomida tomonlar eksport-import operatsiyalarini o‘tkazish, kreditlash shartlari va o‘zaro manfaatli hamkorlik uchun istiqbolli loyihalarni muhokama qilishdi. Tomonlar neft-gaz sanoatidagi joriy investitsiya loyihalari va istiqbolli hamkorlikning mumkin bo‘lgan yo‘nalishlari bo‘yicha samarali muzokaralarni olib borishdi.

Sanoat ko‘rgazmasining ikkinchi kunida «SUEZ Water Technologies & Solutions», «GRUPPA ChTPZ» AJ, «REP Xolding» AJ, PK «Platforma», Novomet kompaniyalar guruhi, «SpetsEnergoModul» MChJ, «Grand Treyd» AJ, «Gornie texnologii» YoAJ kabi korxona vakillari bilan muzokoralar o‘tkazildi.

Xususan, Fransiyaning «SUEZ Water Technologies & Solutions» kompaniyasi sanoat korxonalari uchun suvni qayta ishlash, tozalash inshootlarini barpo etish va boshqarish, suv resurslarini optimallashtirish, kimyoviy uskunalar va ularga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha texnologik yechimlar taklif etishga ixtisoslashgan. Uchrashuvda mazkur korxonananing «Uzbekneftegaz GTL» loyihasidagi ishtiroki holati, loyiha doirasida ko‘zda tutilgan suv inshooatlariga asbob-uskunalarni yetkazib berish va ularni shef-montaj qilish holati ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, korxona vakillari tomonidan «Sho‘rtan gaz-kimyo majmuasida ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish» loyihasida ham ishtirok etishga katta qiziqish bildirildi.

Joriy yilning aprel oyida loyihada ishtirok etish bo‘yicha texnik mutaxassislar ishtirokida maxsus uchrashuv tashkil etishga kelishib olindi.

«O‘zbekneftgaz» AJ Matbuot xizmati

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring