Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«O‘zbekneftgaz»: Anomal sovuq tufayli siquv kompressor stansiyalarida avariyali to‘xtalishlar kuzatilmoqda

«O‘zbekneftgaz»: Anomal sovuq tufayli siquv kompressor stansiyalarida avariyali to‘xtalishlar kuzatilmoqda

«O‘zbekneftgaz» AJ Boshqaruv raisi Mehriddin Abdullayevning topshirig‘iga asosan 9-14 yanvar kunlari respublika bo‘ylab kuzatiladigan anomal sovuqda siquv kompressor stansiyalari va texnologik qurilmalarning uzluksiz va barqaror ishlashini ta’minlash maqsadida konlarda, texnologik ob’yektlarda tezkor Shtablar tashkil etilgan.

Mazkur Shtablarga jalb qilingan mutaxassislar tomonidan qurilmalarni barqaror ishlatish uchun muzlashga qarshi kimyoviy reagentlar bilan ishlov berish, nazorat o‘lchov asboblari, elektr qurilmalari va boshqa jihozlarning sovuq haroratda ham uzluksiz ishlashini ta’minlash choralari ko‘rilmoqda.

Shunga qaramay ayni vaqtda respublikada kuzatilayotgan anomal sovuq  texnologik ob’yektlardagi qurilmalarga o‘z ta’sirini ko‘rsatmoqda. Sharli kranlar va quvurlarni muzlab qolish hamda elektr tizimidagi uzilishlar sababli «O‘zbekneftgaz» AJ zavod va boshqarmalarning siquv kompressor stansiyalaridagi gaz haydash agregatlarida avariyali holatda to‘xtashlar kuzatildi.

Xususan, Sho‘rtan neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasining «Shimoliy Nishon» siquv kopressor stansiyasidagi 3 ta gaz haydash agregatlari, Muborak neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasining «Zevarda» va «Dengizko‘l» konlaridagi 2-siquv kopressor stansiyalarida agregatlar avariyali holatda to‘xtadi.

Tezkorlik bilan ko‘rilgan choralar natijasida «Shimoliy Nishon» siquv kompressor stansiyasiga uzatilayotgan konlardan gaz qazib chiqarishning kamayishini oldini olish maqsadida, gaz «Sho‘rtan» 2-stansiyasiga yo‘naltirildi va ushbu stansiyadagi gaz haydash agregatlarining quvvatlari oshirildi.

Ushbu holat boshqarmalar tomonidan tabiiy gaz qazib chiqarish ko‘rsatkichlariga ta’sir ko‘rsatib, maksimal darajada ko‘rilgan choralar natijasida tovar gaz katta qisqarishlarining oldi olinmoqda.

Kunning keskin sovuq bo‘lishiga qaramay departament va boshqarmalar mutaxassislari tomonidan olib borilgan tezkor sa’y-harakatlari natijasida to‘xtab qolgan gaz haydash agregatlari va texnologik qurilmalarni navbatma-navbat ishga tushirish ishlari olib borilmoqda.

Hozirda «Zevarda» 2-siquv kompressor stansiyaning 200-sonli va «Shimoliy Nishon» stansiyasining 300 va 400- sonli agregati ishga tushirildi. «Dengizko‘l» siquv kompressor stansiyasidagi 200-sonli gaz haydash agregatini ishga tushirish ishlari amalga oshirilmoqda. Gaz qazib olish barqarorligi ta’minlanmoqda.

«O‘zbekneftgaz» AJ Matbuot xizmati

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring