Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonliklarning necha foizi ijtimoiy tarmoq va messenjerlardan foydalanadi?

O‘zbekistonliklarning necha foizi ijtimoiy tarmoq va messenjerlardan foydalanadi?

Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistonda eng ommabop messenjerlar – Telegram, WhatsApp va Facebook Messenger bo‘lib, o‘zbek segmentidagi ularning foydalanuvchilari:

  • Telegram– jami foydalanuvchilarning 80 foiz qismi
  • WhatsApp– jami foydalanuvchilarning 22 foiz qismi
  • Facebook Messenger– jami foydalanuvchilarning 6 foiz qismi

Innovatsion rivojlanish vazirligi tadqiqotchilarining Datareportal.com ma’lumotlariga tayanib yozishicha, O‘zbekiston aholisining qariyb 70 foiz qismi internet foydalanuvchisi hisoblanadi. Aholining 18,3 foiz qismi esa ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishadi.

Mamlakatda foydalanuvchilar tomonidan eng ko‘p Instagram ijtimoiy tarmog‘idan foydalaniladi. Hozirgi kunda ushbu tarmoqdan foydalanuvchilar soni 4,8 mln.dan ortiq hisoblanadi. Foydalanuvchilarning 34,4 foiz qismi ayollar. Foydalanuvchilarning asosiy qismi yoshlarni (18-35 yosh) tashkil etadi.

Qayd etilishicha, O‘zbekistonda ham milliy messenjerlar va ijtimoiy tarmoqlar yaratish borasida turli ishlar olib borilgan. Masalan, 2016 yilda davra.uz milliy ijtimoiy tarmog‘i yaratilgan hamda bugungi kundagi obunachilari soni 22,5 ming kishini tashkil etadi. 

O‘zbekistonda jami 24,1 mln. nafar internet foydalanuvchilari mavjud bo‘lib, raqamlar yiliga o‘rtacha 1,4 foizga o‘sayotgani ta’kidlanadi. Bundan tashqari aholining 28,5 foiz qismi 18-35 yosh oralig‘ida bo‘lib, ijtimoiy tarmoqlar, jumladan messenjerlardan faol foydalanishadi.

«Bundan kelib chiqib aytish mumkinki, mamlakatda milliy messenjerlar tashkil qilish uchun mahalliy bozor imkoniyati mavjud.

Bunday sharoitda mamlakatimizda ham milliy qadriyatlarimizga mos, jahonning ilg‘or texnologiyalari va tajribalaridan samarali foydalangan holda milliy ijtimoiy tarmoqlar va messenjerlarni yaratish maqsadga muvofiq hisoblanadi», – deyiladi ma’lumotda. 

Eslatib o‘tamiz, bir muddat avval O‘zbekistonda milliy messenjer va ijtimoiy tarmoq yaratish rejalashtirilayotgani haqida xabar berigan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring