O‘zbekistonning to‘rtta aeroporti reyslarni qabul qila olmadi
Quyuq tuman sabab kecha, 12-dekabr kuni kechasi Toshkent, Farg‘ona, Urganch va Nukus xalqaro aeroportlari vaqtincha yopildi. Bu haqda Uzbekistan Airways xabar berdi.
Ushbu shaharlarga parvoz qilayotgan barcha reyslar boshqa yaqin aeroportlarga yo‘naltirildi.
Qayd etilishicha, Toshkent vaqti bilan soat 21:15 holatiga ko‘ra, Toshkent xalqaro aeroportida ko‘rish darajasi 50 metrni, Namangan aeroportida 0 metrni, Farg‘ona aeroportida 350 metrni, Urganch aeroportida 300 metrni va Nukus aeroportida 900 metrni tashkil etgan.
Ayni paytda (13 dekabr kuni) Toshkent xalqaro aeroporti odatdagi rejimda yana reyslarni qabul qilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter