O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi: eksport-import, asosiy sheriklar (infografika)
Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022-yilning yanvar–sentyabr oylarida O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi 36 mlrd AQSh dollaridan oshdi.
Eksport — 14,1 mlrd dollar (tashqi savdo aylanmasining 39,16 foizi):
- mahsulotlar — 11,3 mlrd;
- xizmatlar — 2,8 mlrd.
Import — 21,9 mlrd dollar (tashqi savdo aylanmasining 60,83 foizi):
- mahsulotlar — 20,1 mlrd;
- xizmatlar — 1,8 mlrd.
O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasida yuqori ulushga ega mamlakatlar:
- Xitoy — 6,8 mlrd (18,8 foiz)
- Rossiya — 6,5 mlrd (18,0 foiz)
- Qozog‘iston — 3,3 mlrd (9,16 foiz)
- Turkiya — 2,5 mlrd (6,94 foiz)
- Koreya Respublikasi — 1,8 mlrd (5,0 foiz).
O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasining 58 foizi yuqoridagi besh mamlakatga to‘g‘ri keldi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter