Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonning strategik yo‘nalishlaridan biri ochiqlandi

O‘zbekistonning strategik yo‘nalishlaridan biri ochiqlandi

Foto: Xabar.uz

«O‘zbekiston Respublikasida ilm-fanni 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi» tasdiqlanadi. Prezidentning bu boradagi tegishli farmoni loyihasi muhokamaga joylashtirildi.

Konsepsiyaga ko‘ra, ilm-fan taraqqiyotini ta’minlash davlat va xususiy sektorning asosiy vazifalaridan biri hamda mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning strategik yo‘nalishlaridan biri sifatida belgilanmoqda.

Qayd etilishicha, O‘zbekistonning 2030 yilga borib Global innovatsion indeks reytingi bo‘yicha jahonning 50 ta ilg‘or mamlakati qatoriga kirishi bo‘yicha chora-tadbirlar amalga oshiriladi.

Xususan, ilm-fan sohasiga davlat budjetidan ajratiladigan mablag‘lar bosqichma-bosqich 2022 yilgacha yalpi ichki mahsulotning 0,8 foizi va 2030 yil 2 foizi miqdorigacha oshirish ko‘zda tutilgan.

Shu bilan birga, ilmiy ekspertizada «manfaatlar to‘qnashuvi» omillarini cheklash maqsadida, vakolatli davlat organi qoshida mustaqil «Ilmiy loyihalar ekspertizasi markazi» faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.

Shuningdek, ilmiy, innovatsion faoliyatni boshqarish va tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha yuqori malakali kadrlar tayyorlash uchun Innovatsiya va tadbirkorlik xalqaro universiteti ochilishi mumkin.

Farmon loyihasi muhokamasi joriy yilning 22 mayiga qadar davom etadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring