Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonning qalampir eksporti tushib ketdi

O‘zbekistonning qalampir eksporti tushib ketdi

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022-yilning yanvar-mart oylarida O‘zbekiston 15 ta xorijiy davlatlarga qiymati 3,2 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan 3,2 ming tonna qalampir eksport qilgan.

Qalampir eksporti o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda ming tonnaga kamaygan.

2022-yilning dastlabki uch oyida O‘zbekiston qalampir mahsulotlarini eng ko‘p eksport qilgan davlatlar:

- Qozog‘iston – 2,2 ming tonna
- Qirg‘iz R. – 346 tonna
- AQSh – 166,5 tonna
- Rossiya – 161 tonna
- Germaniya – 138,4 tonna
- Ukraina – 83 tonna

Xorijga eng ko‘p qalampir eksport qilgan hududlar:

- Surxondaryo viloyati – 1,2 ming tonna
- Jizzax viloyati – 567 tonna
- Samarqand viloyati – 373 tonna

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring