Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga qo‘shilishi tezlashtiriladi

O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga qo‘shilishi tezlashtiriladi

O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga qo‘shilish jarayoni jadallashtiriladi. Bu haqda O‘zbekiston-Vengriya biznes-forumida Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Jamshid Xo‘jayev ma’lum qildi.

Vazirning ta’kidlashicha, O‘zbekiston olib borayotgan islohotlarning keyingi ustuvor yo‘nalishlari sifatida:

- qonun ustuvorligini ta’minlash;

- sud-huquq tizimini yanada isloh kilish;

- korrupsiyaga qarshi samarali kurashish;

- bank-moliya tizimlarini zamon talablariga mos ravishda takomillashtirish;

- davlat ulushi mavjud bo‘lgan yirik sanoat va infratuzilma korxonalarini xususiylashtirish;

- Jahon savdo tashkilotiga qo‘shilish jarayonini jadallashtirib, uning to‘laqonli a’zosiga aylanish belgilab olingan.

Jamshid Xo‘jayev shuningdek, energetika, transport, sog‘liqni saqlash va ta’lim sohalarida qo‘shma loyihalarni amalga oshirishda davlat-xususiy sheriklik mexanizmlarini joriy etishni yanada kengaytirishga to‘xtalib o‘tdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring