O‘zbekistonning Isroildagi elchisi o‘z missiyasini yakunlayapti
O‘zbekiston elchisi Feruza Mahmudova Isroil tashqi ishlar vaziri Eli Koen bilan uchrashdi. Unda O‘zbekiston-Isroil hamkorligining joriy kun tartibi muhokama qilingan.
«Dunyo» AA xabarida qayd etilishicha, Isroil TIV rahbari Eli Koen Isroil tomoni O‘zbekiston bilan faol rivojlanib borayotgan hamkorlikni yuksak qadrlashini ta’kidlagan.
Mulqot yakunida, Eli Koen Feruza Mahmudovaga O‘zbekistonning Isroildagi elchisi lavozimida amalga oshirgan yuksak faoliyati uchun minnatdorlik bildirib, kelgusidagi diplomatik faoliyatida muvaffaqiyatlar tiladi.
Eslatib o‘tamiz, Feruza Mahmudova mazkur davlatda o‘z diplomatik faoliyatini 2020-yil 28-iyul kuni boshlagan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter