O‘zbekistonning ikkilamchi uy-joy bozorida narxlar bir yilda 20,2 foizga o‘sdi
Hisob-kitoblarga ko‘ra, respublikada yanvar oyida ikkilamchi uy-joy bozorida 1 metr kvadrat uchun uy-joy narxining o‘rtacha o‘sishi oyiga 0,9 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 2022-yil yanvar oyidan buyon 20,2 foizga o‘sdi. Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markaziga ko‘ra, shunga qaramasdan, joriy yil yanvar oyida o‘zbekistonliklar orasida ko‘chmas mulk sotib olishga talab oshdi.
Xususan, o‘tgan bir yilda uy-joy narxining sezilarli o‘sishi Navoiy (29,3 foiz) va Farg‘ona (29 foiz) viloyatlarida hamda Toshkent (28,3 foiz) shahrida kuzatildi.
Toshkent shahrida ikkilamchi bozorda yanvar oyida narxlarning o‘sishi oyiga 1,9 foizni tashkil etgan. Eng yuqori o‘sish sur’atlari Yunusobod – 2,9 foiz, Olmazor – 2,8 foiz va Shayxontohur tumanlarida - 2,7 foiz qayd etildi.
2022-yil yanvar oyidan boshlab Toshkent shahrida ikkilamchi uy-joylarning o‘rtacha narxi esa 28,3 foizga oshdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter