O‘zbekistonning eng yosh deputati Rishtondagi xalq kutubxonasi borasida deputatlik so‘rovi yubordi
Rishtonlik tadbirkor Dilshod Boltaboyev «Feysbuk»dagi sahifasida tuman Dehqon bozori MChJ tomonidan bozor hududida qurilgan xalq kutubxonani 10 kun muddatda bozor hududidan ko‘chirish yuzasidan ogohlantirish xati kelganligi ma’lum qilgan edi.
Xalq demokratik partiyasi saytida xabar berilishicha, yaqinda xalq deputatlari Rishton tuman kengashidagi bo‘shagan o‘rinlar uchun bo‘lib o‘tgan saylovlarda g‘alaba qozonib, yurtimizdagi eng yosh deputat bo‘lgan Shoxruh O‘ktamov mazkur masalani to‘liqroq o‘rganish va ijobiy yechim topish maqsadida bozor ma’muriyatiga deputatlik so‘rovi yuborgan.
Deputat so‘rovida ko‘chirish muddatini uzaytirishni so‘ragan.
Yosh deputatimizning maqsadi muddatni uzaytirish va Rishton tuman Kengashining navbatdagi sessiyasida ushbu masalini olib chiqish.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter