O‘zbekistonning Dubaydagi Bosh konsuli diplomatik missiyasini tugatdi
O‘zbekiston bosh konsuli Alisher Salomov Birlashgan Arab Amirliklari Tashqi ishlar vazirligining Dubay bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari Rashid Abdulla Al Kasir bilan uchrashdi.
Muloqot chog‘ida O‘zbekiston – BAA munosabatlari kun tartibidan o‘rin olgan muhim masalalar muhokama qilindi. Amirlik tomoni O‘zbekiston bilan faol rivojlanib borayotgan hamkorlikni yuqori baholadi.
«Dunyo» AA xabariga ko‘ra, BAA vakili Alisher Salomovga O‘zbekistonning Dubaydagi Bosh konsuli lavozimida o‘tkazgan samarali besh yillik faoliyati uchun minnatdorlik bildirgan.
Eslatib o‘tamiz, Alisher Salomov 2019-yil yanvar oyida mamlakatimizning Dubaydagi Bosh konsulligiga rahbar etib tayinlangan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter