O‘zbekistonning 2023-yil uchun daromad va xarajatlari haqida ma’lumot berildi
Ayni paytda Oliy Majlis Qonunchilik palatasida bo‘lib o‘tayotgan majlisda deputatlar «2023-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida»gi qonun loyihasini ko‘rib chiqishmoqda.
Moliya vaziri Timur Ishmetovga ko‘ra, kelgusi yilda davlat xarajatlari 257,7 trillion so‘m prognoz qilinyapti.
«Davlat budjetining xarajatlari (davlat maqsadli jamg‘armalariga ajratiladigan transfertlar bilan birga ) 257,7 trillion so‘mni, yalpi ichki mahsulotga nisbatan 24,1 foizni yoki 2022-yil kutilayotgan ijroga nisbatan 18,9 trln. so‘mga ortishi prognoz qilinmoqda», – deydi Ishmetov.
Shuningdek, majlisda Davlat budjeti daromadlari to‘g‘risida ham ma’lumot berildi.
Ta’kidlanishicha, qonun loyihasi va Budjetnomada yalpi ichki mahsulotning o‘sish surati 5,3 foiz miqdorda bo‘lishi nazarda tutilmoqda. Xususan, sanoat ishlab chiqarish hajmi 5,1 foiz, qurilish 6,0 foiz, qishloq xo‘jaligi 3,5 foiz, xizmatlar sohasi 6,7 foizga ortishi kutilmoqda. 2023-yilda mamlakatning yalpi ichki mahsuloti 1068,0 trillion so‘mni, Davlat budjeti daromadlari 232,1 trillion so‘m yoki yalpi ichki mahsulotga nisbatan 21,7 foiz darajasida bo‘lishi kutilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter