Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonni quyuq chang bosdi (foto)

O‘zbekistonni quyuq chang bosdi (foto)

O‘zbekistonning aksariyat hududlari quyuq chang ostida qoldi. Shu jumladan, poytaxt Toshkent shahri ham.

Bugun kechga tomon mamlakat bo‘ylab kuchli shamol turgan va oqibatda quyuq chang ko‘tarilgan. Chang qalinligidan mashinalar harakatlanishi qiyinlashgan, nafas olish imkonsiz bo‘lib bormoqda.

Ayrim ijtimoiy tarmoqlarda yozilishicha, bunday quyuq chang ekologiyaning buzilgani, daraxtlarning yo‘qligi tufayli paydo bo‘lgan.

Hozircha ekolog va meteorologlar ushbu holatga biror izoh berganicha yo‘q.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring