Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonliklar uy-joy ta’miriga ko‘proq pul sarflamoqda

O‘zbekistonliklar uy-joy ta’miriga ko‘proq pul sarflamoqda

Foto: Xabar.uz

O‘zbekistonda aholi tomonidan uy-joylarni ta’mirlash ishlari 7,7 foizga oshgan.

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024-yilning yanvar oyida O‘zbekiston Respublikasida uy xo‘jaliklari tomonidan uy-joylarni ta’mirlash bo‘yicha 160,3 mlrd so‘mlik ishlar bajarilgan.

Bu ko‘rsatkich 2023-yilning yanvar oyiga nisbatan 7,7 foizga oshgan.

Uy xo‘jaliklari tomonidan uy-joylarni ta’mirlash bo‘yicha bajarilgan qurilish ishlari hajmi barcha turdagi korxona va tashkilotlar tomonidan bajarilgan jami qurilish ishlarining 2,4 foizni tashkil etgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring