Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonliklar o‘tgan yili avtoraqamlar uchun 300 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘ sarflagan

O‘zbekistonliklar o‘tgan yili avtoraqamlar uchun 300 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘ sarflagan

2022-yilda O‘zbekiston Respublika tovar-xomashyo birjasining avtoraqam.uzex.uz elektron savdo tizimida 304,1 mlrd so‘mlik 118 mingdan ziyod avtoraqamlar onlayn-autsionlar orqali sotildi. Bu haqda Birja matbuot xizmati ma’lum qilmoqda.

Bunda tuzilgan bitta bitimning o‘rtacha qiymati 2,6 mln so‘mni tashkil etgan. Sotilgan avtoraqamlarning 91 foizi jismoniy shaxslar, 9 foizi esa yuridik shaxslar tomonidan xarid qilingan. O‘tgan davrda sotilgan avtoraqamlarning eng past bahosi 494,9 ming so‘mni tashkil etgan bo‘lsa, eng qimmat avtoraqamning qiymati – 348 mln so‘mni tashkil qilgan.

Qayd etilishicha, bitimlarning 5 foizi – birinchi toifadagi avtoraqamlar, 8 foizi – ikkinchi, 8 foizi – uchinchi, 11 foizi – to‘rtinchi, 22 foizi – beshinchi va 46 foizi – oltinchi toifa avtoraqamlarga to‘g‘ri kelgan.

Hududlar kesimida eng ko‘p avtoraqamlar Toshkent shahri va Toshkent viloyati (31 foiz) Samarqand va Qashqadaryo (8 foizdan), Namangan, Andijon va Surxandaryo (7 foizdan), hamda Xorazm (6 foiz) viloyatlarida xarid qilingan.

Ma’lumot uchun, avtoraqamlarni onlayn-autsionlarda sotilishidan kelib tushgan mablag‘larning 80 foizi – Davlat budjetiga, 20 foizi – Ichki ishlar vazirligining moddiy-texnik bazasini rivojlantirish, xodimlarini moddiy rag‘batlantirish va boshqa xarajatlar Maxsus jamg‘armasiga yo‘naltiriladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring