Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonliklar bir haftada avtoraqamlar uchun 18,8 mlrd so‘m sarflagan

O‘zbekistonliklar bir haftada avtoraqamlar uchun 18,8 mlrd so‘m sarflagan

2024-yil 29-yanvardan 4-fevral oralig‘ida 4 390 ta avtoraqamlar bo‘yicha auksion savdolari amalga oshirildi. Bu haqda «UZEX xabarlari» gazetasida ma’lum qilindi.  

Auksion savdolarida jami 18 mlrd 793,6 mln so‘mlik avtoraqamlar sotilgan. Amalga oshgan bitimlarning 92 foiz ulushi jismoniy shaxslarga (17 mlrd 257,8 mln so‘mga teng 4 184 ta avtoraqam) va 8 foiz ulushi yuridik shaxslarga (1 mlrd 535,8 mln so‘mga teng 206 ta avtoraqam) to‘g‘ri keladi.

Tuzilgan bitimlarning bittasi bo‘yicha o‘rtacha qiymat 4,3 mln so‘mni tashkil etib, sotilgan avtoraqamlarning eng past bahosi 1,7 mln so‘mni, eng qimmat avtoraqamning bahosi esa 345,1 mln so‘mni tashkil qildi.  

Ma’lumot uchun, ko‘rilayotgan davr mobaynida avtoraqam.uzex.uz savdo tizimiga jami 38 068 ta avtotransport vositalari uchun ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilari joylashtirilgan bo‘lib, shundan 33 869 tasi jismoniy shaxslar uchun va 4 199 tasi yuridik shaxslar uchun mo‘ljallangan.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring