Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonliklar 9 oyda 390 million dollarga xorijdan mashina sotib oldi

O‘zbekistonliklar 9 oyda 390 million dollarga xorijdan mashina sotib oldi

2021-yilning yanvar-sentyabr oylarida O‘zbekiston 22 ta xorijiy davlatlardan qiymati 390,2 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan qariyb 18 150 ta yengil avtomobil import qilgan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumot berdi. 

Yengil avtomobillar importi o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 2331 taga kamaygan.

9 oyda 558 ta elektromobil import qilingan, elektromobil importi qariyb 7 baravarga oshgan.

Avtomobil import qilingan davlatlar:

- Xitoy – 4 981 ta;
- Koreya – 4 644 ta;
- Rossiya – 3 386 ta;
- Qozog‘iston – 2 789 ta;
- Polsha – 997 ta;
- AQSh – 427 ta.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring