O‘zbekistonliklar 6 oyda xorijdan 107,5 mln dollarlik smartfon xarid qilgan
O‘zbekiston 2023-yilning yanvar-iyun oylarida xorijdan qiymati 107,5 mln AQSh dollariga teng bo‘lgan 1 mln 558,3 ming dona mobil telefonlar import qilgan.
Statistika agentligi ma’lumotiga ko‘ra, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davrida 1 mln 331 ming dona va 94,2 mln AQSh dollariga teng bo‘lgan.
O‘zbekistonga 2023-yilning yanvar-iyun oylarida eng ko‘p mobil telefon import qilgan davlatlar:
- Xitoy – 1 389,5 ming dona
- Vetnam – 148,8 ming dona
- Hindiston – 14,2 ming dona
- Qozog‘iston – 2,4 ming dona
- Tayvan – 1,6 ming dona
- Turkiya – 1,9 ming dona
- Boshqa davlatlar – 1,4 ming dona
Ma’lumot uchun, O‘zbekistonga 2022-yilning yanvar-dekabr oylarida xorijdan qiymati 199 mln AQSh dollariga teng bo‘lgan 2,9 mln dona mobil telefon import qilingan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter