Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonlik talabalar xorijda amaliyot o‘tash imkoniga ega bo‘ladi

O‘zbekistonlik talabalar xorijda amaliyot o‘tash imkoniga ega bo‘ladi

OTMlarda xalqaro munosabatlar sohasida o‘qiyotgan talabalarning amaliyoti mamlakatimizning xorijdagi diplomatik vakolatxonalari, konsullik muassasalari yoki xalqaro tashkilotlar huzuridagi vakolatxonalarda tashkil etiladi.

Bu Hukumatning 31-avgustdagi qarorida qayd etilgan.

Amaliyot bir o‘quv yilida bir marta 10 kundan kam bo‘lmagan va 30 kundan ko‘p bo‘lmagan muddatlarda, 2 bosqichda amalga oshiriladi. Bu davrda stipendiyalar saqlab qolinadi.

Birinchi bosqichda OTM xorijiy tillarni mukammal o‘zlashtirgan iqtidorli 3-kurs talabalarining ro‘yxati va ularga berilgan tavsiyanomalar har yili 1 iyulgacha TIVga taqdim etiladi.

Saralab olishda talabalardan S1 darajasidagi sertifikat, o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari 80 ball va undan yuqori bo‘lishi, fanlardan qarzdorlik bo‘lmasligi talab etiladi.

Ikkinchi bosqichda nomzodlar TIVda qabul qiluvchi tashkilot talablari va ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda taqsimlanib, 20 iyulgacha suhbatdan o‘tkaziladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring