Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Talabalarning ish topishiga ko‘maklashuvchi yarmarka o‘tkazildi

Talabalarning ish topishiga ko‘maklashuvchi yarmarka o‘tkazildi

Foto: «INHA»

2018-yilning 14-aprel kuni Toshkent shahridagi Inha universiteti (IUT)da «Amaliyot va karera yarmarkasi» (Internship & Career Fair IUT 2018) bo‘lib o‘tdi.

Amaliyot va karera yarmarkasi Toshkent shahridagi Inha universiteti va mamlakatning boshqa AT universitetlaridagi talabalar uchun AKT sohasidagi kompaniyalar va tashkilotlardagi istiqbollarini belgilash va amaliyot o‘tish imkoniyatlarini yaratishga qaratilgan edi.

Mazkur yarmarka yoshlarga yirik kompaniyalarda ish topishga, shuningdek, axborot texnologiyalari bozorida talab qilinadigan kasblar haqida ma’lumot olish imkonini beradi. Bu esa, o‘z navbatida, ularga o‘z rejalarini tuzishga va bu yo‘nalishlarda kerak bo‘lgan bilimlarga ega bo‘lishga imkon beradi.

Sarvar Boboxo‘jayev, Toshkent shahridagi Inha universiteti rektori

Yarmarkada O‘zbekistonda iqtisodiyotning turli sohalarida faoliyat yuritayotgan yirik kompaniyalar va tashkilotlar o‘zlarining imkoniyatlari bilan tanishtirdilar. Ishtirokchilar orasida «Mirzo Ulugbek Innovation Center»ning rezidentlari ham bor edi. Yarmarkada shuningdek, O‘zbekistonda faoliyat ko‘rsatayotgan xorijiy kompaniyalar ham vakansiyalarni taqdim etdilar. 

Kompaniyalar vakillari murojaat etuvchilar bilan intervyular o‘tkazdi, shuningdek, o‘z imkoniyatlarining taqdimotini o‘tkazishdi hamda malaka oshirish uchun mavjud imkoniyatlar to‘g‘risida ma’lumot berishdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring