O‘zbekistonlik muhojirlar Moskva budjetiga milliardlab foyda keltirdi
2019-yilda mehnat muhojirlari Moskva budjetiga 18,3 milliard rubl miqdorida soliq to‘lovlari o‘tkazdilar. Shu tarzda Rossiya poytaxti 2018-yilga nisbatan 5,2 foizga ko‘proq daromad olgan.
2019-yilda poytaxtda mehnat patentini asosan O‘zbekiston va Tojikiston fuqarolari olgan (mos ravishda 50 va 38 foiz). Patentlarning olti foizi Ukraina fuqarolariga, uch foizi Ozarbayjon va Moldova fuqarolariga berilgan.
2019-yilda Moskvaning ko‘p funksiyali migratsiya markazi 463,7 ming mehnat patentlarini berdi, bu 2018 yilga nisbatan 2,7 foizga ko‘p. 2015-yildan beri muhojirlar Moskvada ishlash uchun ikki milliondan ortiq patent olishgan. Ular poytaxt budjetini 77 milliard rublga to‘ldirganlar.
Moskva iqtisodiy siyosat va rivojlanish deportamenti boshlig‘i Denis Tixonovning aytishicha, mehnat bozorida muhojirlar moskvaliklar bilan raqobatlashmaydi: ular asosan poytaxtliklar qo‘l urmaydigan ishlar bilan shug‘ullanishadi. Migrantlarning ko‘pchiligini obodonlashtirish ishchilari, ko‘cha tozalovchilar, yuk ortuvchilar, mardikorlar tashkil etadi. Ularning har biri tibbiy ko‘rikdan va rus tili bo‘yicha imtihondan o‘tishgan.
Qayd etilishicha, har yili Rossiyaga 16,5-17 million muhojir keladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter