Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonlik mehnat migrantlariga til bo‘yicha imtihon qanchaga tushadi?

O‘zbekistonlik mehnat migrantlariga til bo‘yicha imtihon qanchaga tushadi?

Foto: Gazeta.Ru

Chet tili bo‘yicha malaka imtihonida ishtirok etish qiymatining cheklangan darajasini belgilash tarifi tasdiqlandi (11.06.2019-yilda 3167-son bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan). Hujjat 3 oy o‘tgach kuchga kiradi. Bu haqda «Norma» xabar bermoqda.

Eslatib o‘tamiz, mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun xorijga jo‘nab ketayotgan har bir O‘zbekiston fuqarosi malakasini baholatishi, shu jumladan chet tilini bilish darajasini tasdiqlashi mumkin. Bilimni baholash markazlari ana shunday xizmatlarni ko‘rsatadi. Bu da’vogarga tegishli sertifikat olish va Malakasi tasdiqlangan shaxslar milliy reyestriga kirish imkonini beradi.

Malaka imtihonida ishtirok etish qiymatini markazlar mustaqil ravishda belgilaydi, biroq Mehnat vazirligi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda chet tili bo‘yicha imtihon qiymatining cheklangan darajasini belgilaydi.

Qabul qilingan hujjatdan kelib chiqilsa, u bazaviy hisoblash miqdorining 1,5 baravarini, ya’ni 304 095 so‘mni tashkil etadi. Eslatib o‘tamiz, 2019-yil 1-sentyabrdan EKIH o‘rniga bazaviy hisoblash miqdori qo‘llaniladi. 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 12.09.2019-yildan kuchga kiradi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring