Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonlik iqtidorli futbolchi Turkiya klubiga o‘tdi

O‘zbekistonlik iqtidorli futbolchi Turkiya klubiga o‘tdi

O‘zbekiston U-20 terma jamoasi himoyachisi Jahongir O‘rozov faoliyatini Turkiyada davom ettiradi. Bu haqida O‘FA matbuot xizmati ma’lum qildi.

«Bunyodkor» himoyachisi Turkiyaning «Eyupspor» klubi bilan 5 yillik shartnoma imzolagan. 

Ma’lumot uchun, «Eyupspor» jamoasi Turkiya birinchi ligasida qatnashadi. Sobiq mashhur futbolchisi Arda Turon ushbu klub bosh murabbiyi hisoblanadi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring