O‘zbekistonlik harbiylar Rossiya armiyasi jangovar tayyorgarligi jarayonini kuzatishdi
O‘zbekistonlik harbiy xizmatchilar Rossiya Federatsiyasining Chelyabinsk shahri yaqinidagi Chebarkul poligonida armiya aviatsiyasi hamda artilleriya hamkorligida o‘tkazilgan tank bo‘linmalarining taktik mashg‘ulotlarini kuzatishdi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Mashg‘ulot jarayonida shartli dushman aviatsiya hujumi va ommaviy qirg‘in qurollaridan foydalanganida asosiy kuchning harakatlari amalda ko‘rsatildi.
Mashg‘ulotning so‘nggi bosqichida harbiy xizmatchilar «T-72B» tanklari hamda «BMP-2» piyodalar jangovar mashinalaridan shartli dushmanning imitatsiya qilingan zirhli va jonli kuchlariga qarata o‘t ochdi. Bunda havodan «Mi-24» aviatsiya vertolyotlari yordam ko‘rsatib turdi.
Tajriba almashish jarayonida o‘zbekistonlik harbiy xizmatchilar rossiyalik tankchilar bo‘linmalarining jangovar tayyorgarligi jarayonlari, shuningdek, kechayu kunduz uchuvchisiz uchish qurilmalari va shartli diversion-razvedka guruhlariga qarshi kurashishning yangicha usullari bilan tanishdi.
Taktik mashg‘ulotlarga mingdan ortiq harbiy xizmatchi, 200 ga yaqin harbiy texnika, xususan, «Mcta-B» gaubitsasi, «Grad» zalp o‘t ochish reaktiv tizimi hamda beshinchi avlod aloqa texnikasi jalb etildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter