Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonlik abituriyent bir vaqtda 18 ta OTMga o‘qishga kirdi (video)

O‘zbekistonlik abituriyent bir vaqtda 18 ta OTMga o‘qishga kirdi (video)

Skrinshot

O‘zbekistonlik abituriyent bir vaqtning o‘zida 18 ta universitetga o‘qishga kirishga muvaffaq bo‘ldi va bu borada rekord o‘rnatdi. U shuningdek, yana bir universitetdan javob kutmoqda. Bu haqda Zamon dasturida hikoya qilingan. 

Eslatib o‘tamiz, 2018 yili boshqa bir abituriyent bir vaqtda 14 ta OTMga o‘qishga kirgan edi. 

18 ta OTM talabasi bo‘lgan Jahongir Mahammatkarimov hikoyasiga ko‘ra, u kirgan universitetlar orasida BAA, Malayziya, Janubiy Koreya, Rossiya va Toshkent shahridagi INHA, Iqtisodiyot va boshqa universitetlar bor. Abituriyent OTMlarning uchtasiga grant asosida kirgan. 

U shuningdek, o‘qishni Gubkin nomidagi Moskva neft va gaz universitetining Toshkentdagi filialida davom ettirishni istashini ma’lum qilgan. 

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring