O‘zbekistonga yana jazirama qaytmoqda
Gidrometeorologiya xizmati markazi O‘zbekistonda 12-15 iyul kunlari kutilayotgan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi. Unga ko‘ra hafta oxirlariga borib havo harorati deyarli barcha viloyatlarda 40 darajadan oshadi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 12-13 iyulda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 20-25°, kunduzi 12 iyulda 33-38°, 13-15 iyulda 35-40° bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan7-12 m/s tezlikda esadi, 12-13 iyulda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin. Harorat 12 iyulda kechasi 20-25°, kunduzi 33-38°, 13-15 iyulda kechasi 22-27°, kunduzi 13 iyulda 35-40°, 14 iyulda 36-41°, 15 iyulda 38-43° bo‘ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 12-13 iyulda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin. Harorat 12 iyulda kechasi 17-22°, kunduzi 32-37°, 13-15 iyulda kechasi 20-25°, kunduzi 13 iyulda 34-39°, 14-15 iyulda 36-41° bo‘ladi.
Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 12-13 iyulda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin. Harorat 12 iyulda kechasi 20-25°, kunduzi 34-39°, 13-15 iyulda kechasi 22-27°, kunduzi 13 iyulda 35-40°, 14 iyulda 37-42°, 15 iyulda 38-43° bo‘ladi.
Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 12-13 iyulda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 12-14 iyulda 17-22°, 15 iyulda 20-25°, kunduzi 12-13 iyulda 30-35°, 14 iyulda 33-38°, 15 iyulda 34-39° bo‘ladi.
Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, 12-13 iyulda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 14-15 iyulda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 12-13 iyulda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 12-17°, kunduzi 12 iyulda 23-28°, 13-15 iyulda 28-33° gacha ko‘tariladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter