Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonga yana bir AQSh delegatsiyasi kelyapti

O‘zbekistonga yana bir AQSh delegatsiyasi kelyapti

26-28 may kunlari Amerika Qo‘shma Shtatlarining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Tomas Vest boshchiligidagi delegatsiya tashrif bilan O‘zbekistonda bo‘ladi.

AQSh delegatsiyasi O‘zbekiston hukumati vakillari, jumladan, tashqi ishlar vaziri v.b. Vladimir Norov va O‘zbekiston prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatulla Irgashev bilan muzokaralar o‘tkazadi.

Uchrashuvlarda Afg‘onistondagi bugungi vaziyat, shuningdek, ushbu mamlakatga gumanitar yordam ko‘rsatish masalalari yuzasidan fikr almashish ko‘zda tutilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSh davlat kotibining Janubiy va Markaziy Osiyo ishlari bo‘yicha yordamchisi Donald Lu boshchiligidagi delegatsiya ham kelib ketgandi. Bu tashrif Moskvaga xush kelmagandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring