Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonga Xitoydan insonparvarlik yordami keldi (foto)

O‘zbekistonga Xitoydan insonparvarlik yordami keldi (foto)

Foto: Mudofaa sanoati davlat qo‘mitasi matbuot xizmati

O‘zbekiston Respublikasining Xitoy Xalq Respublikasidagi elchixonasi, O‘zbekiston Mudofaa sanoati davlat qo‘mitasi va Mudofaa vazirligi Xitoy Xalq Respublikasi Mudofaa sanoati kompaniyalari bilan yurtimiz mudofaa sanoati kompleksi tizimni rivojlantirish yo‘nalishida ikkitomonlama samarali hamkorlikni amalga oshirib kelmoqda.

O‘zbekiston Mudofaa sanoati davlat qo‘mitasi matbuot xizmatining xabar berishicha, Xitoyning «Norinko», Viek Tochmash», «Xaytera», «Poli Texnolodji» va boshqa mudofaa sanoati kompaniyalari bir necha yillardan buyon O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa sanoatini kompleksini rivojlantirish, Qurolli Kuchlarni zamonaviy qurol-aslaha, harbiy va maxsus texnikalar bilan ta’minlash va ularni modernizatsiyasiga o‘z hissalarini qo‘shib kelishmoqda.

Mazkur ishlarning uzviy davomi sifatida Xitoyning yuqoridagi mudofaa sanoati kompaniyalari tomonidan koronavirus infeksiyasi tarqalishiga, ushbu kasallikka qarshi kurashish bo‘yicha birgalikdagi harakatlarni kuchaytirish hamda xalqimizning sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida joriy yilning 28 mart kuni O‘zbekistonga quyidagi tibbiy buyumlar shaklida insonparvarlik yordamini yubordi:

  • bir martalik steril tibbiy qo‘lqoplar;
  • himoya ko‘zoynaklari;
  • yuz uchun filtrlovchi niqoblar;
  • tana haroratini o‘lchovchi teplovizorlar.

Insonparvarlik yordami O‘zbekiston Respublikasining Xitoydagi elchixonasi, Mudofaa sanoati bo‘yicha davlat qo‘mitasi va Mudofaa vazirligi mutasaddi vakillari hamkorligida joriy yilning 28-mart kuni Mudofaa vazirligining maxsus havo laynerida «Toshkent» Xalqaro aeroportiga olib kelindi.

Olib kelingan yuklar aeroport hududida Mudofaa sanoati qo‘mitasi va Mudofaa vazirligi ma’sul shaxslari tomonidan qabul qilib olindi.

Xitoydan keltirilgan tibbiyot buyumlari 2020-yil 28-mart kunidan respublikamiz hududi bo‘ylab karantin rejimini ta’minlashga jalb qilingan harbiy xizmatchilar, ichki ishlar, tibbiyot xodimlari va boshqa muhtoj shaxslarga tarqatilishi rejalashtirilgan.

O‘zbekiston Xitoy tomonidan ko‘rsatilayotgan beminnat insonparvarlik yordamni chuqur his etib, yuksak qadrlaydi, deyiladi qo‘mita xabarida.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring