Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonga tegishli ikki qishloq ancha avval Qozog‘istonga berilgani ma’lum bo‘ldi

O‘zbekistonga tegishli ikki qishloq ancha avval Qozog‘istonga berilgani ma’lum bo‘ldi

Qozog‘iston va O‘zbekiston chegarasida joylashgan Bog‘is va Xiyobon qishloqlari rasman Turkiston viloyati hududiga o‘tkazilgani xabar qilingandi.

Ma’lum bo‘lishicha, Bog‘is qishlog‘ining bir qismi Qozog‘istonga 2002 yilda birinchi prezident I.Karimov tomonidan imzolangan «O‘zbek-Qozog‘iston Davlat chegarasining alohida uchastkalari to‘g‘risidagi» ikki tomonlama Shartnomasiga muvofiq kelishilgan yer maydoni hisoblanadi.

Xiyobon qishlog‘i, O‘zbekiston va Qozog‘iston Hukumatlararo komissiyasining 2004 yildagi Bayonnomasiga asosan, o‘zaro almashishga kelishilgan yer maydonidir.

Kelishuvlarga ancha avval erishilgan bo‘lsa-da, bu qishloqlar uzoq vaqt avtonom bo‘lib qolavergan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring