O‘zbekistonga sovuq havo oqimi Rossiyadan kirib keladi

13-14-mart O‘zbekiston hududiga Volga bo‘yi orqali Rossiyaning (Moskva viloyati) Yevropa hududlari ustida shakllangan sovuq va nam havo massalari kirib keladi. Bu haqda O‘zgidromet ma’lumotnomasida xabar berildi.
13-14-mart Respublikada yog‘ingarchilik (14 martga o‘tar kechasi yomg‘ir qorga aylanadi), ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi.
Qoraqalpog‘istonda, Xorazm viloyatida 13-martda qor yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘lishi mumkin.
14-15-martda harorat kechalari 2-7° sovuqgacha, kunduz kunlari 2° sovuq -3° iliqgacha, Qoraqalpog‘istonda kechalari 10-15° sovuqgacha, kunduz kunlari 2-7° sovuqgacha, Xorazm viloyatida kechalari 6-11° sovuqgacha, kunduz kunlari 0-5° sovuqgacha pasayadi.
13-14-martda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol 17-22 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, ba’zida esa 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter