Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«O‘zbekistonga qaytib, oilamning hayotini xavfga qo‘ya olmayman»

«O‘zbekistonga qaytib, oilamning hayotini xavfga qo‘ya olmayman»

Foto: O‘zA

Ayni paytda Xitoyda biologiya yo‘nalishida ilmiy faoliyat olib borayotgan o‘zbekistonlik doktorant Baxtiyor Sheraliyev koronavirusning tarqalishi qanday yuz berishi haqida fikr yuritib, Xitoydagi o‘zbekistonlik talabalarga bu yerni tark etmaslikni maslahat berdi, deb yozmoqda «Azon.uz».

«Biz aynan mana shundan qo‘rqyapmiz, ya’ni borganlarni tekshirib bera olish imkoni bizning Sog‘liqni saqlash tizimida bormi yoki yo‘qmi?

Virusning inkubatsion davri odamning immunitetiga qarab 2-14 kun bo‘ladi. Shu vaqt oralig‘ida sog‘lom odamdek yuraveradi, lekin atrofdagilarga virus yuqtiraveradi.

Aeroportdagi teplovizor bilan odamni isitmasi borligini bilsa bo‘ladi xolos. Yangi yuqtirgan odamda isitma bo‘lmaydi va uni teplovizor sezmaydi. Yangi yuqqanda o‘pkani rentgen qilsa ham hech narsa chiqmaydi.

Shu bois Xitoydan borganlarni 14 kun alohida izolyasiya qilish kerak, shu vaqt oralig‘ida sog‘ tursagina uyiga yuborish kerak. Aks holda butun boshli O‘zbekistonga kasallik tarqalib ketishi mumkin.

Mana shu bois ham ketmasdan shu yerda kutinglar deyapmiz. Bu yerda sharoitlari bor, aniqlay olishadi, kasal bo‘lsa davolash imkoniyati O‘zbekistondan yaxshiroq. Vaziyatga real qaraylik, masalan men ham uyga qaytgim kelyapti, lekin men oilamning hayotini xavfga qo‘ya olmayman. Undan ko‘ra sabr qilib shu yerda kutaman».

Temur A’zam

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring