Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonga kirgan ayrim avtomobillar uchun yig‘imlar bir xilda hisoblanadi – loyiha

O‘zbekistonga kirgan ayrim avtomobillar uchun yig‘imlar bir xilda hisoblanadi – loyiha

Xorijda ro‘yxatdan o‘tgan avtomobillarni O‘zbekistondan olib chiqib ketish muddatining o‘tkazib yuborilgan har kuni uchun BHMning 1 baravari miqdorida yig‘im undirish taklif qilinmoqda.

Hujjat loyihasida asoslantirilishicha, amaldagi qonunchilikka ko‘ra, bunda avtomobillarning ot kuchi e’tiborga olinadi, biroq bugungi kunda aksariyat avtotransport vositalari va elektromobillarning guvohnomalarida ot kuchi to‘g‘risida ma’lumotlar mavjud emas.

Misol uchun, 2022-yil davomida 456 ming ta majburiyatnoma rasmiylashtirilgan bo‘lib, shundan 54 mingtasi (12 foiz) ot kuchi to‘g‘risidagi ma’lumotlar mavjud bo‘lmagan guvohnomalar asosida rasmiylashtirilgan va 16 ming tasi (3,5 foizi) muddati o‘tgan.

Avtotransport vositalarining guvohnomalarida ot kuchi to‘g‘risidagi ma’lumotlar bo‘lmagan hollarda, bojxona posti xodimlari tomonidan haydovchilardan olingan og‘zaki yoki internet tarmog‘idan olingan ma’lumotlar asosida majburiyatnomalar shakllantirilmoqda va ushbu hujjat asosida manzil postlari tomonidan yig‘imlar undirib kelinmoqda.

Shu bilan birga, qolgan majburiyatnomalarda bu kabi ma’lumotlarning to‘g‘ri kiritilganligini aniqlash mexanizmi mavjud emas.

Eslatib o‘tamiz, hozirda Vazirlar Mahkamasining 700-son qaroriga asosan olib chiqib ketish muddatining o‘tkazib yuborilgan har kuni uchun avtotransport vositasining har bir ot kuchidan BHMning 0,7 foiz miqdorida yig‘im undirilishi belgilangan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring