Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonga kelgan sayyoh sarflayotgan o‘rtacha mablag‘ 330 dollarga yetgan

O‘zbekistonga kelgan sayyoh sarflayotgan o‘rtacha mablag‘ 330 dollarga yetgan

O‘zbekistonda turizm tarmoqlarini rivojlantirish bo‘yicha olib borilayotgan islohotlarning asosiy maqsadi – ochiqlik tamoyili asosida jamiyatning farovonligini yanada oshirish, iqtisodiy sohalarni modernizatsiya qilish, tadbirkorlarga qo‘shimcha imkoniyatlar yaratish va turmush farovonligining yuqori o‘sish sur’atlarini ta’minlashdan iborat.

Shu ma’noda turizmni rivojlantirishning iqtisodiyotgan ta’sirini sohaga kiritilgan 1 dollar investitsiya 3-4 marta ko‘p daromad keltirishi haqidagi statistika ko‘rsatib beradi.

Qayd etilishicha, turizm sohasida yaratilgan 1 ta yangi ish o‘rni, boshqa sohalarda yana 2 ta ish o‘rni paydo bo‘lishiga turtki beradi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev ta’kidlaganidek: jazirama issiq va izg‘irin sovuqda, hamma paxtaga majburiy safarbar etilgan yillarda ham, O‘zbekiston paxta tolasining eksporti 1 milliard dollardan oshmagan. Hozirgi kunda turizm eksporti bu marradan oshib o‘tdi. Agar uni 3-4 barobar oshirsak, jaydari qilib aytganda, «paxta ekmasak» ham bo‘laveradi.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, turizmda topilgan daromadning 30 foizi odamlarning qo‘liga ish haqi bo‘lib boradi, sanoatda va boshqa tarmoqlarda bu 10 foizdan oshmaydi. Shuning uchun, ko‘p davlatlar sayyoh jalb qilishning yangi-yangi yo‘llarini izlayapti.

Shuni inobatga olgan holda, chet ellik turistlarning mamlakatimizga sayyoh bo‘lib kelishini ta’minlash va xorijiy turistlarning oqimini ko‘paytirish maqsadida so‘nggi islohotlar sharoitida viza rejimining liberallashtirilishiga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Xorijiy davlatlardan tashrif buyuruvchilar uchun viza rejimi soddalashtirildi, xususan, ayni paytda 93 ta xorijiy davlatlar fuqarolari uchun vizasiz kirish, 56 ta davlat uchun elektron kirish vizasi, 47 ta davlat uchun besh kunlik tranzit vizasiz kirish, shuningdek, 76 ta davlat uchun turizm vizalar berishning yengilashtirilgan tartibi belgilandi.

55 yoshga to‘lgan va turizm maqsadida 30 kundan ortiq bo‘lmagan muddatga respublikaga keluvchi XXR, AQSh va Vetnamning fuqarolari uchun vizasiz kirish rejimi joriy qilindi.

Shuningdek, «Vatandosh», «Student visa», «Academic visa», «Medical visa» va «Pilgrim visa» kabi yangi kirish viza turlari belgilandi.

Amalga oshirilgan islohotlar natijasida, xorijiy turistlar soni 2016-yilda 1,3 mln. nafar bo‘lsa, 2022-yilda 5,2 mln. nafarni tashkil etdi. 2023-yil 8 oyda yurtimizga xorijdan 4,3 million turist keldi.

Mamlakatimizga uzoq davlatlardan kelayotgan turistlar oqimi 3-4 barobar oshdi. Misol uchun, bu yil Hindistondan – 3,5 baravar (25 ming), Yaponiyadan – 5 baravar (7 ming), AQShdan – 2 baravar (14 ming), Italiyadan – 3,5 baravar (17 ming) sayyoh ko‘paydi.

Shuningdek, har bir xorijiy turistning respublika hududida bevosita sayohat xarajatlaridan tashqari sarflaydigan o‘rtacha mablag‘ summasi 2017-yilda 197 AQSh dollarini tashkil qilgan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich 2022-yilda 309, 2023-yilda esa 330 AQSh dollariga yetdi va turizm eksporti hajmi 1,6 mlrd dollar bo‘ldi (2017-yilda 531 mln dollar bo‘lgan). 2023-yil 8 oyda – 1,4 milliard dollar tushum bo‘ldi.

Turistlarning o‘rtacha qolish kuni 4-5 kunni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davri (3 kun)ga nisbatan 1,5 baravarga ortdi.

Pandemiya, dunyodagi murakkab vaziyatga qaramasdan, mamlakatimizda o‘tgan 6 yarim yilda (2017-yil 2023-yil iyun) turizm xizmatlari 2,5 barobar o‘sib, xorijiy turistlar soni 5 million nafardan oshdi (2016-yilda 2-million nafar bo‘lgan). Turizm eksporti 430 milliondan 1 milliard 600 million dollarga ko‘paydi (o‘sish – 4 barobar). 2023-yida turizm eksporti 2 milliard dollarga yetishi kutilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring