O‘zbekistonga italiyalik turistlar tashrifi qariyb 5 barobarga oshgan
2023-yilning yanvar-aprel oylarida 5 004 nafar Italiya fuqarolari turistik maqsadlarda O‘zbekistonga tashrif buyurgan.
Statistika agentligi hisob-kitoblariga ko‘ra, bu ko‘rsatkich 2022-yilning mos davri bilan solishtirilganda 3 953 nafarga yoki 4,8 martaga oshgan.
2023-yilning yanvar-aprel oylarida O‘zbekiston Respublikasiga kelgan Italiya fuqarolarining safar maqsadlari quyidagicha ko‘rinishda bo‘lgan:
- dam olish (turizm) – 4 287 nafar
- qarindoshlarni yo‘qlash – 490 nafar
- xizmat yuzasidan – 181 nafar
- o‘qish maqsadida – 36 nafar.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter