Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonga anomal sovuq kirib kelmoqda —«O‘zgidromet» shoshilinch axborot tarqatdi

O‘zbekistonga anomal sovuq kirib kelmoqda —«O‘zgidromet» shoshilinch axborot tarqatdi

Foto: «Xabar.uz»

Joriy yilning 9-yanvar kuni O‘zbekiston hududiga Volgabo‘yi hududlaridan Rossiya Yevropa qismining shimoliy hududlarida shakllangan sovuq havo massasi kirib kelishi boshlanadi. Bu haqda «O‘zgidromet» xabar berdi.

9-11-yanvarda respublika hududining katta qismida yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda qor yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi.

9-10-yanvarda ba’zi joylarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin.

10-15-yanvarda respublika bo‘yicha anomal sovuq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda.

Havo harorati kechalari 12-17 sovuqgacha, kunduz kunlari 5-8 daraja sovuqgacha; shimolda kechalari 17-22 sovuqgacha, Ustyurtda va cho‘l hududlarda ba’zi joylarda 25-27 sovuqgacha, kunduz kunlari 7-10 daraja sovuqgacha, janubda va Farg‘ona vodiysida kechalari 5-10 sovuqgacha, kunduz kunlari 2-5 daraja sovuqgacha pasayadi.

Yo‘llarda ba’zi joylarda yaxmalak yuzaga keladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring