IIV O‘zbekistonga 9 oyda qancha rossiyalik kirib kelganini ma’lum qildi
Ichki ishlar vazirligi Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasi o‘tgan oylar davomida O‘zbekistonga qancha Rossiya fuqarolari kirib kelganini ma’lum qildi.
Qayd qilinishicha, 2022-yilning 9 oyi davomida O‘zbekistonga jami 318 156 nafar Rossiya federatsiya fuqarolari kirib kelgan.
Ularning 210 ming 902 nafarini erkaklar, 107 ming 254 nafarini ayollar tashkil qiladi.
Eslatib o‘tamiz, sentyabr oyida Rosstat 419 ming rossiyalik mamlakatni tark etgani va shulardan 38,6 ming nafari O‘zbekistonda qo‘nim topgani haqida ma’lum qilgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter