Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonga 4 oyda qancha turist kelgani aytildi

O‘zbekistonga 4 oyda qancha turist kelgani aytildi

2023-yilning yanvar-aprel oylarida 2 milliondan ortiq chet el fuqarolari turistik maqsadlarda O‘zbekistonga tashrif buyurgan.

Bu haqda Statistika agentligi ma’lum qildi.

Agentlikka ko‘ra, hisobot davrida eng ko‘p qo‘shni davlatlar – Tojikiston (623,8 ming), Qozog‘iston (558,8 ming), Qirg‘iziston (487,7 ming) va Turkmaniston (14,2 ming)dan turistlar tashrif buyurgan.

Shuningdek, O‘zbekistonga Rossiya (207,7 ming), Turkiya (29,7 ming), Janubiy Koreya (9,2 ming), Hindiston (8,3 ming), Xitoy (6,3 ming) hamda Germaniya (5,7 ming) davlatlaridan ham turistlar oqimi qayd etilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring