Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistondan AQShga uchayotgan samolyotda chaqaloq tug‘ildi

O‘zbekistondan AQShga uchayotgan samolyotda chaqaloq tug‘ildi

Foto: Xabar.uz

Bugun, 28-yanvar Uzbekistan airways kompaniyaning 33 yillik yubileyi kuni HY101 reysi (Toshkent – Nyu-York) bortida o‘g‘il farzand dunyoga keldi. Bu haqda aviakompaniya matbuot xizmati xabar qildi. 

Ta’kidlanishicha, parvoz davomida yo‘lovchilardan birida tug‘ruq boshlangan. Vaziyatni baholab, ekipaj brigadasi boshqaruvchisi ovozli e’lon orqali samolyotdagi shifokorlarni yordamga chaqirgan.

Chaqiriqqa yo‘lovchilar orasidagi shifokor-akusher va jarroh javob berishgan. Bir oz vaqt o‘tib, yo‘lovchi o‘g‘il farzandini dunyoga keltirgan. Shu munosabat bilan ekipaj Islandiyaning Keflavik shahridagi zaxira aerodromiga majburiy qo‘nish qarorini qabul qilgan

«Samolyot muvaffaqiyatli qo‘nganidan so‘ng, tibbiyot xodimlari bortga ko‘tarilib, zarur yordam ko‘rsatishdi. Ona va chaqaloq mahalliy klinikaga yetkazildi. Uzbekistanairways ushbu ajoyib voqea bilan baxtiyor oilani tabriklaydi. Shuningdek, ekipaj va tibbiy xodimlarga o‘zlarining professionalligi va hamjihatlikda ko‘rsatgan yordamlari uchun chuqur minnatdorlik bildiradi», - deyiladi xabarda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring