O‘zbekistondagi yana bir yirik ko‘l shiddat bilan qurimoqda
Mamlakatimizda joylashgan Aydarko‘l suv ob’yekti chuqurligi nisbatan sayoz bo‘lgani uchun har yili o‘z suv hajmining 10 foizini shunchaki yuqori bug‘lanish hisobiga yo‘qotmoqda.
Bu haqda meteorolog Erkin Abdulahatov yozmoqda.
So‘ngi yillarda ko‘lga suv quyuvchi Qozog‘istonning Chordara suv omborida vaziyat u qadar barqaror emas. Chordara suv ombori Sirdaryo daryosida suv oqimida keskin suv kamayishi fonida o‘z hajmini saqlay olmayapti.
Pirovardida u o‘z suvlarini sug‘orish maydonlari uchun chiqara olmay, qo‘shimchasiga ortiqsa suv hajmini Aydarko‘l ko‘llar tizimiga «tashlashda» umuman rol o‘ynamayapti.
Natijada Aydarko‘lda yuqoridagi manzara yuz berdi. So‘ngi yillar ko‘llar tizimi o‘z hajmining 23 foizini yo‘qotib bo‘ldi. Bu ketishda kuchli bug‘lanish va iqlim o‘zgarish omillari sabab yirik ko‘l ham insoniyat ko‘z o‘ngida yo‘q bo‘lib ketish xavfi ostida qolmoqda, deya ogohlantiradi mutaxassis.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter